
Rasman! "Lester" Mendi bilan yangi shartnoma imzoladi
"Lester" klubi rasmiy sahifasi yarim himoyachi Nampolis Mendining klub bilan yana 2 yillik shartnoma imzolaganini ma’lum qilmoqda. 28 yoshli futbolchini jamoada olib qolishni shaxsan Brendan Rojersning o‘zi iltimos qilgan:
"Men Mendi bilan bir jamoada ishlayotganimdan mamnunman. Uning biz bilan yanada ko‘proq muddat davomida birga bo‘lishidan xursand bo‘laman. Uning o‘yinlarini ko‘rish zavq bag‘ishlaydi.
Biz katta jamoa qurmoqchimiz va Nampolis aynan bizga kerakli futbolchi", - deydi Rojers.
Fikrlar