Rasman! Kiran Tripper "Atletiko"ga ko‘chib o‘tdi

  • 17 iyul, 2019, 22:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Kiran Tripper rasman "Atletiko" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqtmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra madridliklar 28 yoshli angliyalik futbolchi uchun “shporlar”ga 24 million evro to‘lashgan. Uning o‘zi esa 2024 yilga qadar tuzilgan shartnomaga imzo chekkan.

E’tiborlisi, Tripper so‘nggi 95 yildan buyon “Atletiko” safida to‘p surgan ilk ingliz futbolchisi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Tripper asli “Atletiko” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Tottenxem” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. O‘tgan davr mobaynida londonliklar safida jami 114ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 24ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Angliya terma jamoasida esa hozircha 16ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!