
Rasman! Kamaru Usman va Leon Edvards o‘rtasidagi revansh sanasi ma’lum
Ayni vaqtda UFCning tom ma’nodagi yulduzi, Pound For Pound etakchisi va yarim og‘ir vazn (77,1 kg) toifasi chempioni Kamaru Usmanning(20-1) navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi.
Usman "UFC 278" turnirida divizion reytingida 2 - o‘rinda qayd etilgan, Leon Edvards (19-3) bilan revansh jangida oktagonga ko‘tariladi.
Ular o‘rtasidagi dastlabki to‘qnashuv 2005 yil bo‘lib o‘tgan va unda Usman ochkolar hisobida g‘alaba qozongan edi.
Eslatib o‘tamiz, Edvards so‘ngi jangida Neyt Diasni ochkolar hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Usman Xorxe Masvidalni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar