
Rasman! Grem Potter APLga qaytdi
Rasman "Vest Xem" Grem Potter bilan shartnoma tuzganini e’lon qildi. Klub Xulen Lopetegini o‘z lavozimidan ozod qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, murabbiy 2,5 yillik bitim imzolagan. Tez orada ingliz mutaxassisining jamoada ish boshlashi kutilmoqda. "Bolg‘achilar" ayni paytda APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Potter so‘nggi marta "Chelsi"da ishlagan va 2023 yilda "aristokratlar"ni tark etgan. Undan oldin esa "Brayton"da ishlagan.
Fikrlar