Rasman! "Golden Boy" sovrini egasi ma’lum bo‘ldi

  • 22 noyabr, 2021, 15:57
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Ispaniyaning "Tuttosport" nashri mavsum davomida yaxshi o‘yin ko‘rsatgan yoshlarni "Golden Boy" sovrini bilan taqdirlab keladi.

Tecno

Mazkur sovrinning bu safargi g‘olibi, deb "Barselona" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri topildi. Bu kurashda 18 yoshli futbolchi quyidagi tengdoshlarini ortda qoldirdi:

Karim Adeyemi ("RB Zaltsburg"), Jud Bellingem ("Borussiya" Dortmund), Eduardo Kamavinga ("Real"), Sharl de Ketelare ("Bryugge"), Gavi ("Barselona"), Brayan Xil ("Tottenxem"), Rayan Gravenberx ("Ayaks"), Meyson Grinvud ("Manchester Yunayted"), Daniel Maldini ("Milan"), Jamal Musiala ("Bavariya"), Nunu Mendesh (PSJ), Roberto Pikkoli ("Atalanta"), Yeremi Pino ("Vilyarreal"), Jovanni Reyna ("Borussiya" Dortmund), Rodrigo ("Real"), Bukayo Saka ("Arsenal"), Florian Virtts ("Bayer"), Vilyam Saliba ("Marsel"), Yurrien Timber ("Ayaks").

Sovrin Pedriga rasman 15 dekabr kuni Turinda taqdim etiladi. Ma’lumot uchun, o‘tgan yilgi "Golden Boy" Erling Xoland bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!