
Rasman! Diego Kosta Braziliya klubi safiga o‘tdi
"Atletiko" Madrid, "Chelsi" klublari va Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Diego Kosta "Atletiko Mineyro" futbolchisiga aylandi. Bu haqda Braziliya klubi rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Kosta bugun 15 avgust kuni Braziliyaga uchib ketgan.
U yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kostaning so‘nggi jamoasi “Atletiko” bo‘lgan edi. U madridliklar bilan 2021 yilning yanvarida shartnomani bekor qilgan va shundan buyon erki agent hisoblanar edi.
Fikrlar