
Rasman! Braim Dias "Real"ga qaytdi
Braim Diaz "Real" Madridga qaytdi.
Yarim himoyachi "Milan"da uch mavsum ijarada o‘tkazganidan so‘ng Madrid klubiga qaytdi. U "Real" bilan shartnomasini 2027 yilgacha uzaytirdi.
Dias 2019 yilda "Manchester Siti"dan "qirollik klubi"ga o‘tgan edi. Madridliklar tarkibida u Ispaniya chempioni va Ispaniya kubogi sohibiga aylandi.
23 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum "Milan" safida 33 uchrashuvda qatnashib, 6 ta gol urdi va 7 samarali uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar