Rasman! Boyan Krkich Inestaning jamoadoshiga aylandi

  • 9 avgust, 2021, 17:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaponiyaning "Vissel Kobe" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali ispaniyalik hujumchi Boyan Krkichning transferini e’lon qildi.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 30 yoshli futbolchi yaponiyaliklar bilan 2023 yilning 31 yanvariga qadar shartnoma imzolagan.

Krkichning so‘nggi ish joyi "Monreal Impakt" klubi bo‘lgan. U Kanada klubini tark etganidan buyon ishsiz hisoblanar edi.

Boyan Krkich "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida "Roma", "Milan", "Ayaks", "Stok Siti", "Maynts" va "Alaves" klublarida o‘ynagan. Uning ayni damdagi transfer narxi 800 ming evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!