Rasman! "Barsa" himoyachisi APL klubiga ko‘chib o‘tdi

  • 23 sentabr, 2020, 15:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Portugaliyalik himoyachi Nelson Semedu "Vulverxempton" a’zosiga aylandi. Bu haqida klub rasmiy "Tvitter" sahifasi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Semedu "bo‘rilar" bilan 3 yillik bitimga imzo chekkan. Kataloniyaliklar portugaliyalik futbolchi transferidan 30 mln evro miqdorida mablag‘ ishlab olgan. Shuningdek, bonuslar sifatida yana 10 mln evro ko‘zda tutilgan.

26 yoshli fulbek "ko‘k-anorranglilar" safida 3 yil harakat qilib, 82 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol hamda 3 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!