
Rasman! "Atletiko" asosiy himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi
Chernogoriyalik himoyachi Stefan Savich "Atletiko" Madrid bilan tuzgan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirdi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga qaraganda, 30 yoshli futbolchining “matraschilar” bilan imzolagan yangi shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan. Ta’kidlash kerakki, tomonlar o‘rtasidagi avvalgi kelishuv 2022 yilning yozida o‘z nihoyasiga etar edi.
Bundan avvalroq "Atletiko" 35 mln evro evaziga “Udineze”dan Rodrigo de Paulni sotib olgan edi.
Stefan Savich o‘tgan mavsum “Atletiko” safida jami 43 ta o‘yinda ishtirok etdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar