Rashid G‘ofurov: "O‘yindagi hakamlik bizga yoqmadi"

  • 10 aprel, 2023, 11:58
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liganing 4-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Navbahor-farm” (2:2) uchrashuvidan so‘ng, farm jamoa ustozi Rashidjon G‘ofurov OAV xodimlarining savollariga javob berdi. U odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

Tecno

- Guvohi bo‘lganinglardek, o‘yin qiziqarli tarzda kechdi. Lekin bugungi hakamlik meni qoniqtirmadi. “Qo‘qon-1912” tarkibida Superliga havosini olgan futbolchilar bor. Shundan kelib chiqsak, ularga hakamlarning yordami zarur emas, deb o‘ylayman. Kuchli jamoa, o‘z oldiga Superligani maqsad qilgan, biroq bugungi bahsdagi hakamlik bizga yoqmadi. Hakam maydonda futbol o‘ynash uchun qo‘yib berishi kerak.

Ayrim futbolchilarimiz “Universiada” musobaqasiga ketganliklari bois tarkibimizga kech qo‘shilishdi. Ikkita gol hisobi bilan oldinda borayotganimiz uchun tavakkal qilib, ba’zi futbolchilarni zaxiradan o‘yinga tushirmadik. Chunki gol o‘tkazib yuborsak, yutib turgan tarkibni o‘zgartirishda murabbiyning aybi bo‘lardi. 

- Shogirdlaringiz ikkinchi bo‘limda vaqt cho‘zgandek ko‘rinishdi. Bu murabbiylar shtabining ko‘rsatmasi edimi?

- Yo‘q, men yoki murabbiylar shtabi bunday ko‘rsatma bermadik. Tarkibda son jihatdan kamroq bo‘lganimiz sababli futbolchilar yuklamasi ikki hissa yuqoriroq bo‘ladi. Bunaqa holatda oyoq tomirlari tortishib qolishi tabiiy hol. Shifokor uni maydondan olib chiqib ketsa, bizda yana bir futbolchi kamayadi. Bundan bizga qanday foyda bor? Aksincha, o‘ynagani jamoa uchun yaxshiroq bo‘ladi.

- O‘tgan mavsum birinchi ligada g‘olib bo‘lgansizlar. Pro-liga va birinchi liga o‘rtasidagi qanday farqni sezdingiz?

- Bu ikki liga o‘rtasida katta farq bor. Pro-liga bu - salkam Superliga degani. Bizning aksariyat futbolchilarimiz yosh, bu ligaga moslashib ketishlari uchun biroz vaqt kerak.

- Ibrohim G‘anixonov, Islom Rashidxonov kabi futbolchilarning tarkibga kech qo‘shilishgani ham dastlabki turdagi natijalar salbiy bo‘lishiga sabab bo‘ldi, deb hisoblaysizmi?

- Yo‘q, agar ular ertaroq qo‘shilishganida ham natija shunday bo‘lishi mumkin edi. Biz o‘tgan mavsum birinchi ligada g‘olib bo‘ldik, tarkibdagi futbolchilarning aksariyati yoshlar.

G‘anixonov va Rashidxonov kabi futbolchilarning ham bizning jamoaga moslashib ketishlariga ozroq vaqt talab etiladi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
10/04/2023 14:02
Атайлаб килган хато бор, бундай хакамларни умрбод футболдан четлатиш керак, бу хакамлар Узбекистон футболини ривожланишига тускинлик килмокдалар 5 уйиндан четлатиш бу коррупцияга йул очишдир