
Raqibi yuziga tirsagi bilan zarba bergan Zlatan MLSda turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
MLSda o‘tgan turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Tashkilot rasmiy saytining xabar berishicha, ushbu nomga "Los-Andjeles Gelaksi" klubi hujumchisi Zlatan Ibargimovich sazovor bo‘lgan.
Qayd etish lozimki, 37 yoshli shvetsiyalik futbolchi o‘tgan tur "Los-Andjeles"ga (3:2) qarshi o‘yinda xet-trik qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan xuddi shu uchrashuvda raqib futbolchisining yuziga tirsagi bilan zarba berib, jiddiy jarohat etkazgan edi. Buning uchun u bir nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi aytilayotgan edi. Biroq, yakunda u jazodan qutulib qoldi.
Fikrlar