
Raqib “Manchester Siti”ga 30 million funt to‘laydi
Angliya Premer-ligasining ikki klubi – “Manchester Siti” va “Nottingem Forset” 22 yoshli hujumkor futbolchi Jeyms MakEyti transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, “o‘rmonchilar” iste’dodli o‘yinchi uchun badal puli sifatida 22 million funt sterling to‘laydi.
MakEytining natijalariga qarab, “Manchester Siti” yana bonuslar olishi kutilmoqda va shunday umumiy summa 30 million funtni tashkil qiladi.
Eng muhimi esa, “shaharliklar” futbolchini qayta sotib olish huquqini ham o‘zida saqlab qoldi.
Jeyms MakEyti “Manchester Siti” tizimida tarbiyalangan futbolchi hisoblanadi. U asosiy jamoada barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan.
Fikrlar