Raneri: “Qoidalar har o‘yinda o‘zgarmoqda, VARning aralashuvi adolatsiz bo‘ldi”

  • 13 may, 12:08
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Atalanta"ga qarshi uchrashuvda (1:2) VAR tizimining aralashuvi va hakamlik qaroridan qattiq norozi bo‘ldi.

Tecno

63-daqiqada hisob 1:1 bo‘lgan paytda hakam Simone Sotstsa rimliklar foydasiga penalti belgiladi — Kuadio Kone Mario Pashalich bilan to‘qnashuvdan so‘ng jarima maydonida yiqildi. Biroq VAR tekshiruvidan so‘ng 11 metrlik jarima bekor qilindi.

— Men ekspertlardan so‘ramoqchiman: bu penalti edi yoki yo‘q? Agar bu holat “60/40” bo‘lsa, bizga aytilgandi-ku, VAR faqat aniq va ravshan xatolarda aralashishi kerak, deb.

Ko‘rinib turibdi, Pashalich noto‘g‘ri harakat qildi, oyog‘ini to‘g‘ri qo‘ymadi va futbolchimizga (Kone) tegdi. Shu sabab, VAR bunga aralashmasligi kerak edi. Hakam penalti bergan — demak, qaror o‘zgarmasligi kerak edi.

Qoidalar o‘yindan o‘yinga o‘zgaryapti, biz buni qabul qilyapmiz, lekin ligamizda yaxlitlik yo‘qligi xafalik uyg‘otadi. Aniq ko‘rinib turibdi-ku: Pashalich Kone bilan kontaktga kirdi. Hakam penalti bergan ekan, VAR sukut saqlashi kerak edi.

Men “penalti bormi yoki yo‘q” deb so‘ramayapman. Men so‘rayapman: VAR tizimi tizzadan yoki oyoq panjasidan bo‘lgan kontaktlarga aralasha oladimi?

Biz qabul qilamiz, lekin sportdagi adolat uchun qoidalar aniq bo‘lishi kerak. Ular haqiqatdan ham o‘zgardimi? — deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
13/05/2025 12:36
уйин дурангга лойик эди