Rahbarlar kim tomonda? “Liverpul” Slot va Saloh mojarosiga munosabat bildirdi
Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”da ichki muhit buzilgan. Jamoaning inqirozi fonida chempionlikka munosib hissa qo‘shgan Muhammad Saloh bosh murabbiy Arne Slot qarorlarini ochiqcha tanqid qila boshladi.
Niderlandiyalik murabbiy esa, 33 yoshli to‘purarni zaxiraga mixlagan va bu muvaffaqiyatsizliklar sababchisi sifatida Saloh ko‘rsatilayotganidan dalolat beradi.
Jurnalist Aleks Kruk ma’lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati ushbu vaziyatda to‘liq Arne Slotni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Muhammad Saloh esa, muhitni buzayotgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin.
Taxminlarga ko‘ra, misrlik hujumchi Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichida “Inter”ga qarshi bo‘ladigan navbatdagi o‘yin safaridan chetlatilishi, shuningdek, Premer-liganing keyingi turidagi “Brayton”ga qarshi bellashuvda ham ishtirok etmasligi mumkin.



Fikrlar