
Rafinya: "Birinchi xet-trikimni qo‘lga kiritdim"
La Liganing 4-turidan o‘rin olgan "Barselona" - "Real Valyadolid" bahsida hisob 7:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo‘ldi.
Gollarga Rafinya (xet-trik), Levandovski, Kunde, Olmo va Torreslar mualliflik qildi. G‘alabadan so‘ng Rafinya uchrashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu faoliyatimdagi eng yaxshi o‘yinlardan biri bo‘ldi. Men birinchi xet-trikimni qo‘lga kiritdim, jamoaning g‘alaba qozonishiga yordam berganimdan juda xursandman. Bu mavsum men uchun muhim, va jamoamizning yuqorida bo‘lishni xohlayman", - deya braziliyalikning so‘zlarini keltiradi "Marca".
Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining to‘rt turidan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” 12 ochko to‘plagan holda etakchi bo‘lib turibdi.
Fikrlar