
Rafael Nadal yilning eng yaxshi erkak sportchisi bo‘lishi mumkin
"Lauraus World Sports Awards" rasmiy saytida yilning eng yaxshi erkak sportchisi bo‘lish uchun nomzodlarni e’lon qildi.
Unda, ispaniyalik tennischi Rafael Nadalning ham nomzodi qo‘yildi. Shuningdek, ushbu tanlovdan Lyuis Xemilton (Formula-1), Eliud Kipchoge (engil atletika), Mark Markes (motosport), Lionel Messi (futbol), Tayger Vuds (golf) ham o‘rin egalladi.
Eslatib o‘tamiz, tanlov g‘olibi 17 fevral kuni ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar