
Rafa Yuste: Xavi yangi "Barselona"ning bir qismi bo‘ladi
"Barselona" vitse-prezidenti Rafael Yuste "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xavi bilan hamkorlikni davom ettirish haqida gapirdi.
"Xavi loyihamizga ishonadi. Birgalikda muvaffaqiyatga erisha olamiz. Biz chempionlikni qo‘lga kiritishimiz kerak va bu yo‘lda Xaviga ishonamiz. U jamoaning va "Kamp Nou"dagi yangi "Barselona"ning bir qismi bo‘ladi", - dedi Yuste.
Qayd etish lozim, insayder Fabritsio Romano Xavi kelasi mavsum yakuniga qadar ispaniyalik mutaxassis "Barselona"da qolishini tasdiqladi.
Fikrlar