Qudratillo Abduqahhorovga Errol Spensning kamari uchun jang qilish taklifi berildi

  • 10 yanvar, 2020, 19:15
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn (66kg) da IBF yo‘nalishi bo‘yicha mos ravishda 1 va 3 o‘rinni egallab turgan Qudratillo Abduqahhorov (17 -0 9 KOs) va rossiyalik Sergey Lipinets (16-1, 12 KOs) o‘rtasida IBF Interim (vaqtinchalik) chempionlik kamari uchun jang qilish taklifi berildi.

Tecno

Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) hozirgi chempion Errol Spensning avtohalokatdan so‘ng tiklanish jarayoni cho‘zilishi bois ikkala tarafga vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilish bo‘yicha taklif bilan chiqdi va javob uchun 5 kun muddat berdi. Agarda tomonlar rozilik bildirsa, muzokaralar uchun 30 kun muddat beriladi. Jang g‘olibiga Errol Spensga qarshi chempionlik jangiga chiqish imkoni beriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!