Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets o‘rtasidagi jang qachon tashkil etilishi ma’lum...

  • 7 iyun, 2020, 15:01
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (17-0-0, 9 KO) rossiyalik Sergey Lipinets (16-1-0, 12 KO) bilan IBF muvaqqat kamari uchun jang o‘tkazishi ancha avval ma’lum bo‘lgan edi. Koronavirus pandemiyasi tufayli, ular o‘rtasidagi to‘qnashuv ham bekor bo‘lgan. Mana asta-sekin sport olami ham jonlanmoqda. Bir qator boks kechalari tashkil etilishi arafasida. Shu omillarni inobatga olib, yurtdoshimizdan rossiyalik charmqo‘lqop ustasi bilan bo‘ladigan jang borasidagi yangiliklar haqida so‘radik...

Tecno

- Kuni kecha, murabbiyim Ilgar Aliev bilan suhbatlashdim. Uning so‘zlariga ko‘ra, “Top Rank” mutasaddilari bizning jangimizni iyulning oxiri yoki avgust oyining boshlarida muxlislarsiz tashkil etilishini aytibdi. Hozirda Andijondaman. 15 iyundan yakkakurash turlariga ixtisoslashgan sport zallarining ham faoliyatiga ruxsat beriladi, degan gap-so‘zlar yuribdi. Agar, shunday bo‘lsa, Toshkentga borib tayyorgarlikka kirishamiz. Qolaversa, Amerika Qo‘shma Shtatlariga aviaqatnov ham yo‘lga qo‘yilganligi borasida aytishdi. Bir muddat Toshkentda mashg‘ulotlarni olib borganimizdan so‘ng, okean ortiga yo‘l olishimiz kutilmoqda. Hozircha bilganlarim shulardan iborat. O‘ylaymanki, tez orada jang sanasi ham aniq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!