
Qudratillo Abduqahhorov va Sergey Lipinets jangdan avval necha marta "COVID-19" sinovlaridan o‘tadi?
Birinchi yarim o‘rta vazn toifasidagi sobiq jahon chempioni Sergey Lipinets (16-1-12 KO) IBF muvaqqat chempionlik kamari uchun yurtdoshimiz Qudratillo Abduqahhorov (17-0, 9 KO) bilan jangdan oldin 8 marotaba "COVID-19" sinovlaridan o‘tishi ma’lum bo‘ldi.
“Sinovlar jangdan bir oy avval boshlanadi. Haftada ikkitasi bo‘ladi", - dedi bokschining menejeri Aleks Vaysfeld.
Shuningdek, Vaysfeld Lipinets allaqachon AQShda ekanligini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz: 31 yoshli rossiyalik Lipinets va 26 yoshli hamyurtimiz o‘rtasidagi jang 26 sentyabr kuni AQShda bo‘lib o‘tadi.
Manba: TACC
Fikrlar