
Qozog‘iston Kubogi guruh bosqichida qatnashadigan jamoalar aniq bo‘ldi, "Humo"ning raqiblari kimlar?
Toshkentning "Humo" hokkey klubi Qozog‘iston Kubogida ishtirok etishi haqida xabar bergandik.
Turnirda o‘tgan mavsum reytingda yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan 13 jamoa 3 guruhga bo‘lingan holda bahs olib boradi. Kvartetlar quyidagicha ko‘rinish olgan:
"A" guruhi: "Temirtau", "Humo", "Kulager", "Aktobe", "Sarqayra". O‘yinlar Qarag‘anda shahrida o‘tkaziladi.
"B" guruhi: "Olmaota", "Gornyak", "Torpedo", "Arlan". Bellashuvlarga janubiy poytaxt mezbonlik qiladi.
"S" guruhi: "Irtish", "Snejnye Barsy", "Nomad", "Beybarys" jamoalari o‘rtasidagi bahslar Astanada bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvlar 24-28 avgust sanasiga belgilangan. Kubokning ikkinchi bosqichi 31 avgust - 1 sentyabr oralig‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar