Qozog‘iston chempionati. "Humo-2" yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

CHERY AUTO

Muntazam chempionatning kechagi uik-endida Toshkentning "Humo-2" klubi Pavlodarda mahalliy "Irtish" jamoasiga qarshi muzga chiqdi.

Tecno

"Astana" muz saroyida kechgan uchrashuvda mezbonlar "Humo-2" darvozasiga javobsiz 6 ta shayba kiritishdi. Shaybalarga Titov, Jilyakov, Volkov, Gurev (2 ta) va Putilovlar mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, bir kun oldin bo‘lib o‘tgan dastlabki bellashuvda Aleksandr Ageev shogirdlari overtaymda kiritilgan shayba evaziga 4:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritishgan edi.

Kechagi mag‘lubiyat natijasida "Humo-2" hisobidagi ochkolar soni 2 taligicha qoldi va jamoa turnir jadvalida 9-o‘ringa tushib ketdi. Ma’lumot uchun, muntazam chempionatda 11 jamoa ishtirok etadi. 

"Humo-2" o‘zining navbatdagi uchrashuvini 10 sentyabr kuni Ust-Kamenogorskning "Altay Torpedo"siga qarshi o‘tkazadi.

XXVIII Qozog‘iston ochiq chempionati / Muntazam chempionati

"Irtish" (Pavlodar) - "Humo-2" (Toshkent) 6:0 (1:0, 3:0, 2:0)

1:0 - Titov (Shetle, Kurshuk) - 10:56
2:0 - Jilyakov (Razvadovskiy, Namestnikov) - 20:18 GB
3:0 - Volkov (Samoylov, Putilov) - 31:41
4:0 - Gurev (Milyukov, Gasnikov) - 31:51
5:0 - Gurev (Volgin, Aydash) - 58:36 GB
6:0 - Putilov (Titov, Razvadovskiy) - 59:59

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!