Qo‘shnilar futbolni bizdan o‘rganmoqchi!

  • 26 mart, 17:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 6
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Sport olamida O‘zbekiston va Qozog‘iston sportchilarining o‘zaro raqobati doimo muxlisu mutaxassislar, sport jamoatchiligi vakillarini o‘ziga jalb etib kelgan. Keyingi paytda Markaziy Osiyo davlatlarida sportda sezilarli o‘sishlar ko‘zga tashlanmoqda.

Ayrim sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston mintaqada etakchiga aylandi. Xususan, o‘zbek bokschilari nafaqat o‘z hududida balki butun jahon miqyosida eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida o‘zbek futboli peshqadamga aylandi. Qozog‘iston futboli vakillari hamyurtlarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlarini inobatga olib, “millionlar o‘yini”ni rivojlantirishda O‘zbekiston tutgan yo‘lni tanlash kerakligini ta’kidlashmoqda.

- O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqishiga bir qadam qoldi. Eronda mezbonlar bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagan qo‘shnilarimiz ochkolari sonini 17 taga etkazdi, ta’qibchilardan Qatar etolmaydigan darajaga ko‘tarildi va Birlashgan Arab Amirliklarini to‘rt ballga  orta qoldirmoqda.  

Jahon chempionati yo‘llanmasini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston terma jamoasiga bitta g‘alaba yoki iyunda bo‘ladigan to‘qnashuvda BAAga yutqamaslik kifoya qiladi.

Qozog‘iston terma jamoasi o‘zbeklar bilan o‘zaro etti marotaba bellashuv, bir bor zafar quchgan. O‘sha ham 30 yil avval ro‘y bergan. Uchtadan uchrashuvda durang va raqiblar g‘alabasi qayd etilgan. To‘plar nisbati 4:10 o‘zbeklar foydasiga.

O‘zbekiston U-16 terma jamoasi 2010 yili Osiyo chempionati finalida o‘ynadi va ikki yildan keyin bu turnirda g‘olib chiqdi.

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar O‘zbekiston nomidan to‘rt bor jahon chempionatida qatnashdi. Qozog‘iston yoshlar o‘rtasidagi mundialda bir bor – 1999 yili ishtirok etgan.

O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish borasida qilingan ishlar amalada samara bermoqda, - deb yozdi sportarena.kz sayti.

Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajarayotgan Ali Aliev o‘z shogirdlarining Lixtenshteynga qarshi o‘yiniga munosabat bildirib, qo‘shni davlatlart futboliga ham baho berdi.

- G‘alaba qozondik, lekin nega o‘yin ikki xil taassurot qoldirdi. Qo‘shnilarimiz – Qirg‘iziston va O‘zbekiston jiddiy natijalar ko‘rsatayotgan pallada terma jamoamiz birinchi bo‘dimda biror marta darvozaga zarba bera olmadi.

Qirg‘iziston Qatarni mag‘lubiyatga uchratdi, O‘zbekiston esa, jahon chempionatiga chiqishga juda yaqin turibdi, - dedi Qozog‘iston terma jamoasini boshqarayotgan Ali Aliev.

Qozog‘iston milliy terma jamoasining sobiq futbolchisi Maksim Jalmagambetov ham o‘zbekistonlik futbolchilar haqida iliq fikr bildirdi.

- O‘zbek futbolchilarining muvaffaqiyatlarini ijobiy baholayman. Ularning Eronga qarshi uchrashuvini to‘liq tomosha qildim. Mana bu Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rnak oladigan ko‘rsatkich.

Chunki bu holat qo‘shnilar oxirgi 20 yil ichida futbolni riovjlantirish uchun nimalar qilganini ro‘yobcha chiqarmoqda. Shu bois, ularning jahon chempionatiga chiqishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Men ulardagi futbol akademiyalari, terma jamoa instituti qanday ishlayotganini bilaman.

Bu muvaffaqiyatlarga mehnat orqali erishilyapti, bir martalik tasodif emas. Bungacha hech kim tasodifan bu darajaga chiqmagan. Hammasi birdan bo‘lmaydi, aksincha, vaqt kerak, - dedi Maksim Jalmagambetov.

O‘zbekiston jahon chempionati mintaqaviy saralash turniri uchinchi bosqiching so‘nggi ikki o‘yini iyun oyida safarda BAA va Toshkentda Qatar futbolchilariga qarshi o‘tkazadi.

Husanov va O‘zbekiston o‘yini Angliyada qanday baholandi?

Endi bu joyda Husanov o‘ynaydi, sen “Real”ga ketaver!

“Manchester Siti”: Ular Husanovni kuzatgani kelishyapti!

Shomurodovni Rimga qaytishiga uni syurpriz kutib turibdi!

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rest Lover
26/03/2025 19:58
У́рганайлик, у́ргатайлик, Марказий Осиёда футбол кучайсин. Биз бундан факат хурсанд бу́ламиз. Козогистонга хам омад тилаймиз!
&
Спарк
28/03/2025 14:17
ФУТБОЛ БУЛГУНЧА КУП МАКТАНИБ КУЙЯПМИЗ
&
Адхамжон Низомов
27/03/2025 14:42
Козок футболи биздан зур эмас.чемпионат савияси бизникидан паст.1 ёки 2 та футбол майдонини хисобламаса колганлари дабдала.Козокда уйнаган ва уйнаетган футболчиларимиз интерьвюларида айтиб утишган.козок футболи мутасадилар хам айтиб утишяпти бу хакда.
Baxil Alihuja
27/03/2025 05:45
1-2 тасодиф билан кушниларимиздан олдиндамиз дейиш нотугри.
бизни урганадиганимиз хам бор.
козокистон клублари бизникидан зуррок.
ташкилий ишлар ва менежментда хам коламиз.
клубларни ва сохани молиялаштириш борасида хам коламиз!
факат футболдаги коррупцияда бемалол ютамиз!
Baxil Alihuja
27/03/2025 05:40
ол-а...
&
Fah
27/03/2025 00:19
Ургатмаймиз!!!