
"Qo‘qon-1912"ning Toshkentdagi yig‘ini nihoyasiga etdi
"Qo‘qon-1912" jamoasining Toshkent viloyati, Do‘rmon posyolkasida olib borgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari o‘z yakuniga etdi.
Yig‘in davomida bir qator yangi futbolchilar bilan birga o‘rinbosarlar tarkibida o‘zini ko‘rsatgan yoshlar ham murabbiylar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi. "Shunqorlar" ikkita o‘rtoqlik o‘yinida ham maydonga tushdilar. "Paxtakor" bilan o‘yinda 0-0 hisobi qayd etilgan bo‘lsa, Samarqandning "Dinamo" jamoasi ustidan yirik, 4-1 hisobida g‘alaba qozonildi.
Bosh murabbiyimiz Davron Fayziev futbolchilarga qisqa muddatli ta’til e’lon qilgan. Endi "Qo‘qon-1912" jamoasi 27 iyul kunidan Qo‘qon shahrida to‘planadi hamda Superliganing 14 turidan o‘rin olgan "Neftchi"ga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rishadi. Qo‘qondagi yig‘in davomida Yaypanning "Turon" jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi ham o‘tkaziladi.
"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar