"Qo‘qon-1912" uchun juda noqulay raqib! Yoxud yana duranglar epidemiyasini ko‘ramizmi?

  • 14 sentabr, 2022, 18:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada amalda peshqadam bo‘lib turgan jamoamiz 19-turda Qo‘qonning «Qo‘qon-1912» jamoasi bilan kuch sinashadi. Uchrashuv 16 sentyabr kuni soat 18:30 boshlanadi.

Tecno

Quyida jamoalarning hozirgacha shu paytgacha o‘tkazgan uchrashuvlari haqidagi faktlar bilan tanishishingiz mumkin:

Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 27 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 18 uchrashuvda «ajdarlar», 5 o‘yinda esa qo‘qonliklar zafar quchishgan. 4 uchrashuvda durang natija qayd etilgan.

To‘plar nisbati 49:26 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.

O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Qo‘qon-1912» - 4:0,  «Qo‘qon-1912» – «Nasaf» - 3:0.

Jamoalar so‘nggi o‘zaro uchrashuvni 2022 yili 2 may kuni Yaypanda o‘tkazgan. Bu uchrashuv 0:1 hisobida jamoamiz g‘alabasi bilan yakunlangan. Uchrashuvdagi yagona golga jamoamiz sardori Umarbek Eshmurodov mualliflik qilgan.

E’tiboringizga, jamoalar ishtirokidagi so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:

02.05.2022 | Qo‘qon-1912 — Nasaf - 0:1

15.11.2021 | Nasaf — Qo‘qon-1912 - 3:1

28.06.2021 | Qo‘qon-1912 — Nasaf - 1:2

31.10.2020 | Nasaf — Qo‘qon-1912 - 1:0

14.07.2020 | Qo‘qon-1912 — Nasaf - 2:2

«Nasaf» futbol klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!