
"Qo‘qon-1912" o‘z qarorgohida mashg‘ulotlarni boshladi. Ertaga "Turon"ga qarshi maydonga tushadi
"Qo‘qon-1912" jamoasi Coca Cola Superligasining 2 davrasiga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini boshladi. Jamoa a’zolari bugun Qo‘qon shahrida to‘planishdi hamda Qo‘qondagi "markaziy" stadionida o‘z mashg‘ulotlarini o‘tkazishdi.
Darvon Fayizev shogirdlari Superliganing ikkinchi davrasini Farg‘onaning "Neftchi" jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. "Qo‘qon-1912" hamda "Neftchi" o‘rtasidiga derbi 2 avgust kuni Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish rejasiga ko‘ra futbolchilarimiz ertaga nazorat uchrashuvida maydonga tushadilar. Ertaga Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida mezbonlar "Turon" jamoasi bilan "Qo‘qon-1912" jamoasi o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi, - deya xabar bermoqda "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar