"Qo‘qon-1912" murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi

  • 20 iyul, 2022, 11:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 2-davrasiga Do‘rmonda tayyorgarlik ko‘rayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi. Tajribali murabbiy Shavkat Abduxo‘jaev bundan buyon jamoa bosh murabbiyi Davron Fayzievga yordam beradigan bo‘ldi.

Tecno

Shu kunga qadar u O‘zbekiston U-16 terma jamoasida ishlab kelayotgan edi. U "Qo‘qon-1912" jamoasida katta murabbiy etib tayinlangan.

Abduxo‘jaev "Obod", "Dinamo", "So‘g‘diyona" hamda "Surxon" jamoalaridagi faoliyati orqali muxlislarga yaxshi tanish bo‘lib ulgurgan. 

Manba: "Qo‘qon-1912" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!