"Qo‘qon-1912" murabbiyi Superligaga chiqish uchun asosiy da’vogarlarni aytdi

  • 22 mart, 2023, 19:34
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro-liganing 2-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar murabbiyi Shavkat Abduxo‘jaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

O‘yin haqida

- Avvalo Qo‘qon ahlini g‘alaba bilan tabriklayman. To‘g‘ri og‘ir o‘yin bo‘ldi. O‘tgan o‘yinda "Sho‘rtan"ni 3:0 hisobida yutib turib yakunda 3:3 durang qayd etgandik. Balki shuning ham ta’siri bo‘lgandir. Xatolar ko‘p, xatolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlaymiz. O‘ylagan kombinatsiyalarimiz to‘liq amalga oshmadi, bunga maydonning xolati ham ozroq ta’sirini ko‘rsatdi. Yana bir bor Qo‘qon ahlini g‘alaba bilan tabriklayman.

- Hujumlar ko‘p, vaziyatlarni yakunlashda muammolar ko‘zga tashlanayapti. Gol ham standart vaziyatdan kiritildi. Bu borada qaysidir futbolchilarga e’tirozingiz bormi?

- To‘g‘ri, vaziyatlardan foydalanishda kamchiliklarimiz bor. Mashg‘ulotlarda bu borada ishlaymiz. Yigitlar bugun borlarini berib oxirigacha harakat qilishdi, bizda hech bir futbolchiga e’tiroz yo‘q.

- Davron Fayzievning ayni damda jamoa bilan birga emasligi sizga nisbatan bosimni yuzaga keltirmaydimi?

- Davron Fayzievning onalari betob, shu boisdan hozir biz bilan birga emas. Ilohim, tezroq sog‘ayib ketsinlar, uzoq umr tilaymiz. Bosh murabbiyimiz yo‘qligini bilintirmasdan ishlashga harakat qilyapmiz. Biz bir jamoamiz, jamoaviy harakat qilngan xolda qiyinchiliklarni engib o‘tamiz.

- "Qo‘qon-1912" Superliga yo‘llanmasini maqsad qilgan. Bu yo‘lda qaysi jamoalarni asosiy raqobatchi sifatida ko‘rayapsiz?

- Barcha futbol muxlislari yaxshi tushunib turishibdi, "Dinamo" va "Lokomotiv" Superliga yo‘llanmasi uchun asosiy da’vogarlardan hisoblanishadi. Shuningdek, "Mash’al"ning tarkibi ham yomon emas. Ular ham keyingi o‘yinlarda anchagina raqobat yaratib bera olishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!