"Qo‘qon-1912" murabbiyi jamoasining 0:3 hisobida yutayotib yakunda 3:3 bo‘lib qolganiga qanday izoh berdi?

  • 15 mart, 2023, 22:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun pro liganing 1-turida “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi.

Tecno

Mezbonlar 0:3 hisobida imkoniyatni boy berayotib, yakunda 3 ta gol urib mag‘lubiyatdan qutulib qoldilar.

Uchrashuvdan so‘ng “Qo‘qon-1912” murabbiyi Shavkat Abduxo‘jaev quyidagilarni aytdi:

"Pro liga boshlangani bilan hammani tabriklayman. Pro ligada ham oson o‘yinlar bo‘lmasligi bugun yana bir bor o‘z isbotini topdi. Yigitlar 3:0 hisobida oldinda borayotganlarida bo‘shashishdi. O‘yin tugadi, deb o‘ylashdi, unutishdi. Futbol 90 daqiqa o‘ynaladi. “Sho‘rtan” jamoasida yaxshi futbolchilar yig‘ilibdi. Ko‘p klublar bilan bemalol o‘ynay oladilar.

Bu yilgi maqsadimiz ko‘p klublarda bo‘lgani kabi Superligaga chiqish vazifamiz bor. Shu maqsad yo‘lida ishlashda davom etamiz. Xatolar ustida ishlash kerak. Ish juda ko‘p. Keyingi uchrashuvlarda “Sho‘rtan”ga omad tilaymiz.

3:0 hisobida oldinda borayotganida oddiy xatolardan gollar o‘tkazib yuborish bu oliy maqsad qo‘ygan jamoaga qimmatga tushishini yana bir bor isbotladi. Shuning uchun har bir vaziyatda futbolchilarga bo‘shashmasdan oxirigacha o‘ynashni tavsiya qilamiz", - deydi Abduxo‘jaev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!