"Qo‘qon-1912" legioneri uchun mavsum tugadi

  • 29 oktabr, 2022, 13:53
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Sola Superligasining 23-turida Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi ustidan g‘alaba qozongan “Qo‘qon-1912” jamoasi bir kunlik dam olishdan so‘ng, kechadan boshlab navbatdagi turda bo‘lib o‘tadigan Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi bo‘ladigan o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Tecno

Davron Fayziev shogirdlari Toshkent viloyatining Do‘rmon posyolkasida, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan sport majmuasida o‘z mashg‘ulotlarini olib borishadi. Futbolchilarimizning kayfiyatlari a’lo darajada, ular keyingi turlarda ham o‘z muxlislarini xursand qilish uchun astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda. 

Murabbiylar shtabi, jamoa shifokorlar guruhi navbatdagi uchrashuvga barcha futbolchilarni har tomonlama tayyor bo‘lishlari uchun bor tajriba va mahoratlarni ishga solishmoqda.

Jamoamizning legioner futbolchisi Ivan Yosovich jarohatini davolatish maqsadida o‘z yurtiga uchib ketgan. Yosovich qolgan uchrashuvlarda jamoamizga yordam bera olmasligi aniq bo‘lib ulgurgan. Biz Ivan Yosovichga tezroq tuzalib safga qaytishini tilab qolamiz.

Jamoamizning etakchi futbolchilari Aleksandr Merzlyakov hamda Javohir Sidiqovlar esa shifokorlarimiz nazorati ostida alohida mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Qolgan barcha futbolchilar mashg‘ulotlarda murabbiylarning barcha ko‘rsatma va topshiriqlarini bekamu ko‘st bajarishyapti. Futbolchilarimizga navbatdagi o‘yinlarda ham omad tilab qolamiz!

“Qizilqum” hamda  “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 2 noyabr chorshanba kuni, Navoiydagi “Yoshlar sport majmuasi” stadionida, soat 18:30 da bo‘lib o‘tadi.

“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!