
"Qo‘qon-1912" lagerida nima gaplar?
Davron Fayziev boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasi Coca Cola Superligasining 2-davra o‘yinlariga qizg‘in tarzda tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Jamoa a’zolari Do‘rmon posyolkasidagi so‘lim oromgohda yashab, kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda. Murabbiylar shtabi birinchi navbatda jismoniy taryorgarlikka urg‘u berishmoqda. Mashg‘ulotlarda futbolchilarga katta yuklama berilmoqda. Ob-havoning o‘ta issiq bo‘lishiga qaramasdan barcha jamoa a’zolari mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kishmoqda. Jamoa rahbariyati futbolchilarning yaxshi yashashlari, mashg‘ulotlarda ishlashlari hamda hordiq chiqarishlari uchun barcha sharoitlarni mukammal tarzda yaratib berishmoqda.
Bugungi mashg‘ulotlarda kichik jarohati sababli San’at Shixov ishtirok etmadi. Shuningdek, Aleksandr Merzlyakov alohida mashg‘ulotlarda ishtirok etyapti. Bilolxon Toshmirzaev kunning ikkinchi yarmidagi mashg‘luotlarda bosh murabbiyning ruxsatiga ko‘ra qatnashmadi. Qolgan barcha futbolchilar murabbiylarning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarish uchun mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kishmoqda.
Jamoa mashg‘ulotlariga avval xabar berganimizdek, Shohnazar Norbekov hamda nigeriyalik legioner Longji Song qo‘shilgan. Qolaversa, o‘rinbosarlar tarkibidan ham bir nechta yosh futbolchilarimiz asosiy jamoa mashg‘ulotlariga jalb qilingan. Jamoani Mo‘min Melievdan boshqa hech kim rasman tark etmadi.
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar