"Qo‘qon-1912" bir kunlik xordiqdan keyin "So‘g‘diyona"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshladi. Tarkibda ikki etakchi yo‘q!

  • 20 oktabr, 2022, 20:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" jamoasi bilan o‘yindan so‘ng "Qo‘qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi Davron Fayziev futbolchilarga faqat 1 kunga dam olish imkonini berdi xolos.

Tecno

Jamoa a’zolari bugun yana Qo‘qon shahrida to‘planib, navbatdagi turda bo‘lib o‘tadigan Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoasiga qarshi o‘yinga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.

Bugun futbolchilar Qo‘qondagi "markaziy" stadionida bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlarda o‘tgan o‘yinda jarohat olgan va eski jarohati yana bezovta qilgan Ivan Yosovich hamda Aleksandr Merzlyakovlar ishtirok etishmadi. Javohir Sidiqov esa ertaga jamoa mashg‘ulotlariga etib keladi.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!