
"Qo‘qon-1912" bir kishi kam bo‘lib qolgan "Lokomotiv"ga yutqazib qo‘ydi
Pro-liganing 6-turdan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv" o‘yini yakunlandi. Uchrashuv "temiryo‘lchilar"ning 2:3 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab birinchi taymning 44 daqiqassida Anvarjon Alijonov hisobni ochdi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, Islombek Isoqjonov penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo‘limni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan mezbonlar 51 daqiqada Doniyor Ismoilovning goli evaziga yana oldinga o‘tib oldi. Qo‘qonliklar darvozasiga 65 daqiqada ikkinchi marta 11 metrlik jarima to‘pi belgilandi va buni Boyan Naydenov aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi. 75 daqiqada Sime Zuzul ham gol urdi va bu o‘yindagi g‘alaba goli bo‘ldi.
Fikrlar