
"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi
Yaypan shahri yana bir katta futbol uchrashuviga mezbonlik qiladi!
28 may shanba kuni "O‘zbekiston" o‘yingohida Superliganing 11-turi doirasida Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" va Navoiyning "Qizilqum" klublari o‘rtasida katta futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan bugundan "O‘zbekiston" o‘yingohi kassalarida "Qo‘qon-1912" - "Qizilqum" uchrashuvi uchun kirish chiptalari sotuvga chiqarildi. Bu haqda "Turon" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Chiptalar narxi 15 va 20 ming etib belgilangan.
Fikrlar