
"Qo‘qon-1912" - "Bunyodkor" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda VAR tizimidan foydalanildi
Toshkentda yig‘in o‘tkazayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasi bugun navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qo‘qonliklarning bugungi raqibi – “Bunyodkor” bo‘ldi.
O‘yin kutilganidek, shiddatli tarzda boshlandi. 15-daqiqada Xolmuhammedovning jarimadan yo‘llagan zarbasi darvoza to‘sinini "yalab" o‘tdi. Oradan uch daqiqa o‘tib, Mo‘min Meliev darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatga chiqib zarba yo‘lladi.
35-daqiqada Xolmuhammedovning uzatmasidan so‘ng, Rustamovning bosh bilan berg‘an zarbasi to‘singa tegib qaytdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida toshkentliklar hisobni ochishdi. Burchak zarbasidan so‘ng Odiljon Abdurahmonov darvozani ishg‘ol qildi. Abdurahmonov qirg‘izistonlik futbolchi bo‘lib, "Bunyodkor"da ko‘rikdan o‘tkamoqda.
70-daqiqada “Bunyodkor” futbolchilari ikkinchi golni kiritdi. Ibrohim Tomiva hisobni o‘zgartirdi. 77-daqiqada "Qo‘qon-1912" hisobdagi farqni qisqartirdi. Shohruh Xolmatov burchak zarbasidan so‘ng, raqib darvozasini ishg‘ol qildi. 85-daqiqada qo‘qonliklar penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi. Ushbu vaziyatda hakamlar VARga murojaat qildi. Ushbu tizim penalti borligini tasdiqladi. Andrey Sidorov 11 metrdan gol urdi. Uchrashuv durang hisobda yakun topdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” – 2:2 (0:1)
Gollar: Shohruh Xolmatov 77, Andrey Sidorov penalti 86 - Odiljon Abdurahmonov 42, Ibrohim Tomiva 70
“Qo‘qon-1912”: E. Ahmadov, O. Rustamov, B. Akbarov, M. Xolmuhammedov, A. Merzlyakov, F. Bekmurodov, I. Malikjonov, S. Azimov, M. Hasanov, S. Sindarov, M. Meliev.
Zaxira: X. Xo‘jaev, Sh. Xolmatov, J. Guseynov, A. Mamatxo‘jaev, A. Isroilov, S. Etovqo‘ziev, M. Normatov, R. Abduhamidov, Sh. Norbekov, A. Sidorov, D. Durdiev.
«Bunyodkor»: Asilbek Omonov, Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Xurshid Ubaydullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Lutfulla To‘raev, Xurshid G‘iyosov, Sanjar Rashidov, Odiljon Abdurahmonov, Nurillo To‘xtasinov, Mirjahon Mirahmadov.
Zaxira: Ravshan Yagudin, Ulug‘bek Abdullaev, Abdulla Abdullaev, Xurshid Ubaydullaev, Sunnatilla Abdullajonov, Lutfulla To‘raev, Xurshid G‘iyosov, Sanjar Rashidov, Odiljon Abdurahmonov, Farrux Ikromov, Ibrohim Tomiva.
Fikrlar