
"Qizilqum" ustozi AGMKdan uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatga qanday izoh berdi?
"O‘yin to‘g‘risida nima deyishga ham hayronman. Bugun o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan futbolchilarga imkon berishni maqsad qilgan edik. Qolaversa, yosh futbolchilar ham maydonga tushishdi. Yuta qolmagan bo‘lsak-da ular bugun yomon harakat qilishmadi.
Ba’zi vaziyatlardagi xatolarni inobatga olmaganda, bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatildi. Sekin-asta shunday o‘yinlar orqali yoshlar ham tajriba to‘playdi. Bugun o‘zim ko‘rishni istagan futbolchilar harakatlarini bevosita o‘yinda kuzatib olish imkoniga ega bo‘ldim", - deb Aktamovning so‘zlarini keltirib o‘tdi PFL rasmiy sayti.
Fikrlar