Qilichbozlik. Turkiyadagi musobaqada 3 sportchimiz Parij-2024 uchun bellashadi

  • 21 oktabr, 2023, 14:12
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

21-22 oktyabr kunlari Turkiyada qilichbozlik bo‘yicha “Satellite” tasnifiga kiruvchi navbatdagi musobaqa bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Istanbul shahri mezbonlik qiladigan turnirda rapira va sablya bo‘yicha yakkalik bahslari tashkil etiladi va unda Parij-2024 Olimpiadasi uchun reyting ochkolari o‘ynaladi.

Dasturga ko‘ra, bugun sablyachilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Musa Aymuratov hamda Sherzod Mamutov jang qilishadi. Ertaga rapira qurolida kechadigan bellashuvlarda Umida Ilyasova yurtimiz sharafini himoya qiladi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!