
Qatarga qarshi o‘yin oldidan yana bir jiddiy yo‘qotish
Osiyo kubogi nimchorak finalida Tailandga to‘qnash kelgan terma jamoamiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi. Ammo ushbu bahsdan keyin Qatarga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yinda maydonga tushmaydigan futbolchilar soni yana bittaga oshdi.
Gap shundaki, o‘yinning 87-daqiqadasida Abduqodir Husanov sarik kartochka oldi. Himoyachi bundan oldin birinchi turda ham ogohlantirilgandi. Shu tariqa, Husanovning kartochkalari soni 2 taga etdi va keyingi o‘yinni o‘tkazvorishiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Qatar - O‘zbekiston uchrashuvi 3-fevral kuni soat Toshkent vaqti bilan 20:30da start oladi.
Fikrlar