
Qatar – O‘zbekiston uchrashuvini boshqarib boradigan hakamlar ma’lum
Qatar yashil maydonlarida davom etayotgan Osiyo Kubogining 1/4 finalidan o‘rin olgan Qatar – O‘zbekiston o‘yinini koreyalik Kim Hi Gon bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Yoon Jae Eol hamda Park Sang Jun yordam berishsa, zaxira hakami sifatida quvaytlik Abdulla Jamali ishlaydi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami vazifasini Kim Jong Heok (Janubiy Koreya) bajarsa, AVAR sifatida quvaytlik Ahmad Alali ishlashi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, Kim Hi Gon joriy mavsum jami 5 ta uchrashuvda ishlagan. Ushbu uchrashuvlarning barchasi klublar va terma jamoalar ishtirokidagi xalqaro musobaqalarga to‘g‘ri keladi. E’tiborli tomoni, ushbu hakam OChL guruh bosqichi 5-turida "Nasaf" – "Al-Faisali" (Iordaniya) uchrashuvini boshqargan. Joriy mavsum ishlagan o‘yinlari davomida ushbu hakam cho‘ntagidan jami 15 marta sariq kartochka, 1 bor qizil kartochka chiqargan va 2 marta 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan.
Fikrlar