
Qatar Yulduzlar Ligasi. Hamdamov jamoasi qimmatli ochkolarni boy berishda davom etadi
Qatar Yulduzlar Ligasi 20-turidan o‘rin olgan "Al-Sayliya" va "Qatar SK" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur uchrashuvda tomonlar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
"Al-Sayliya" safida harakat qilayotgan legionerimiz Dostonbek Hamdamov asosiy tarkibda maydonga tushdi va 60-daqiqada zaxiraga olindi.
Ma’lumot uchun, "Al-Sayliya" ochkolar sonini 12taga etkazib, hamon so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar