
Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf"ga muhim o‘yinlar oldidan omad tiladi
Xabaringiz bor, "Nasaf" OFK kubogida yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Bugundan Toshkent shahrida mashg‘ulotlarni olib boradigan Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari 14-20 may kunlari Tojikistonning Dushanbe shahrida "OFK kubogi-2021" musobaqasining “F” guruhi uchrashuvlarida ishtirok etadi.
Qarshiliklar musobaqada qatnashish uchun 10 may kuni qo‘shni Tojikiston Respublikasiga yo‘l oladi. Safar oldidan Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Nasaf" klubiga omad tiladi.
- Yurtimiz sha’nini himoya qilish uchun OFK o‘yinlariga otlangan viloyatimizning bosh jamoasi - "Nasaf"ga o‘zim va ko‘p sonli muxlislari nomidan omadlar tilayman. Vatanimizga g‘alabalar bilan kelishiga tilak bildirib qolamiz, - dedi viloyat hokimi.
Fikrlar