
Qahramonlik ko‘rsatgan legionerimiz ramziy jamoada! (foto)
Rossiya Premer-ligasida 22-tur o‘yinlari yakuniga etdi.
Abrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qilayotgan "Nijniy Novgorod" klubi o‘z maydonida Moskvaning "Spartak"i bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mezbonlarning yagona goliga aynan legionerimiz mualliflik qildi.
Rossiyaning mashhur "Match Premer" kanali tur ramziy jamoasini tuzib chiqdi. Unga ko‘ra, Yo‘ldoshev 11 kishilik tarkibdan o‘rin egalladi. Shuningdek, Oston O‘ruovning jamoadoshi Aleksandr Belenov ham ramziy jamoaga kiritilgan.
Fikrlar