
PSJning navbatdagi o‘yinini 3 etakchi futbolchi o‘tkazib yuboradi
PSJ klubi hujumchisi Lionel Messi "Monpele" bilan o‘yinda maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Parij klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Tizzasidan olgan jarohatidan so‘ng argentinalik mashg‘ulotlarda qatnashdi, biroq hali to‘liq tiklanib ulgurmagan.
Shuningdek, uchrashuvni inidividual mashg‘ulotlarga kirishgan Serxio Ramos va Marko Veratti ham o‘tkazib yuboradi. Italiyalik yarim himoyachi kelasi haftada jarohatidan forig‘ bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Leo 28 sentyabr sanasida bo‘lib o‘tadigan "Manchester Siti"ga qarshi bellashuvgacha safga qaytadi.
Fikrlar