
PSJning ko‘ngli yana qariya darvozabonni xohlab qoldi
"Milan" darvozaboni Pepe Reyna faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Foot Mercato nashrining yozishicha, 37 yoshli ispaniyalik posbonni PSJ o‘z safida ko‘rmoqchi. U parijliklar safida Serxio Riko o‘rniga Keylora Navasga o‘rindosh sifatida harakat qiladi.
Reyna qishki transferlar davrida ijara asosida “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tgan edi. U 6 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 13 ta gol o‘tkazib yubordi.
Eslatib o‘tish lozimki, PSJ 2018 yilda 40 yoshli Janluiji Buffonni tarkibga qo‘shib olgan edi.
Fikrlar