
PSJning asosiy hujumchilari safga qaytishdi
PSJ klubi Frantsiya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan “Nitstsa”ga qarshi o‘yin uchun o‘z qaydnomasini e’lon qildi.
Ta’kidlash kerakki, ushbu o‘yinda jamoaning asosiy hujumchilari - Edinson Kavani va Kilian Mbappelar ham ishtirok eta olishadi.
PSJ: Marchin Bulka, Edinson Kavani, Erik Maksim Shupo-Moting, Anxel Di Mariya, Abdu Diallo, Ander Errera, Mauro Ikardi, Presnel Kimpembe, Leven Kurzava, Markinos, Kilian Mbappe, Loik Mbe So, Toma Mene, Keylor Navas, Leandro Paredes, Serxio Riko, Pablo Sarabiya, Tiago Silva, Marko Verratti.
Ma’lumot uchun, “Nitstsa” – PSJ uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Fikrlar