PSJ xo‘jayinlari Angliyadan klub sotib oladi

  • 10 yanvar, 2023, 09:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJga egalik qiluvchi Qatar Sports Investments (QSI) kompaniyasi Angliya premer-ligasi klublaridan “Tottenxem”ga ham sarmoya kiritishga qaror qildi, deb xabar bermoqda taniqli jurnalist Ben Jeykobs.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, kompaniya vakillari Angliyaning bir necha klublari bilan muzokara olib bormoqda. Ular orasida “Tottenxem” asosiy nishonlardan biri sanaladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ prezidenti va Qatar Sports Investments bosh direktori Nasser Al-Xelaifiy shu haftada “Tottenxem” xo‘jayini Deniel Levi bilan uchrashadi.

Bu uchrashuv vaziyatni ko‘zdan kechirish maqsadida tashkil qilinmoqda. Kompaniya vakillar  bir necha klublarning ahvolini o‘rganib chiqqanidan keyin aniq takliflar ishlab chiqiladi.

Qatar Sports Investments kompaniyasi PSJdan tashqari Portugaliyadagi “Braga” klubining 23 foiz aktsiyalarini ham qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!