
PSJ Vinisiusni "yo‘ldan urmoqchi" bo‘ldi
PSJ klubi "Real" yulduzi Vinisius Juniorga g‘alati taklif yubordi. Bu haqda Ispaniyaning nufuzli "Marca" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, frantsuz klubi futbolchiga 40 million evro taklif qilgan. Bu evaziga brazil "Real" bilan shartnomasini uzaytirmasligi kerak bo‘lgan.
Ammo Vini bunga rad javobini bergan. U Madrid klubidan boshqa erda o‘ynashni rejalashtirmayapti.
Ma’lumot o‘rnida, Vinisius o‘tgan mavsum barcha musobaqalar doirasidagi 52 o‘yinda 22 gol va 20 assist qayd etgan.
Fikrlar