
PSJ Rossiya terma jamoasi a’zosiga qiziqib qoldi
PSJ klubi "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Sport24 nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 23 yoshli rossiyalik futbolchi parijliklarning asosiy transfer nishonlari qatoriga kirmaydi, ammo ularning kuzatuvi ostida bo‘lib turibdi.
Ma’lumot uchun, “Monako” Golovinni 2018 yil TsSKAdan 30 mln evro evaziga sotib olgan edi. U joriy mavsum 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar