
PSJ og‘zidagi oshini oldirib qo‘yishi mumkin
"Chelsi" klubi ham "Inter" hujumchisi Mauro Ikardi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, londonliklar 27 yoshli argentinalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida sotib olmoqchi. Ammo, PSJda Ikardini 70 mln evro evaziga sotib olish huquqi mavjud. Lekin, parijliklar A Seriya klubiga 50 mln evro va qo‘shimcha 10 mln evro bonus, jami 60 mln evro taklif qilmoqda. Lekin “neradzurrilar”ni bu taklif qoniqtirmayapti.
Mavsumni PSJ safida ijara asosida o‘tkazayotgan Ikardi 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Unga shuningdek “Yuventus” va “Napoli”dan ham qiziqishlar mavjud.
Fikrlar